Close


MAQSAD — ORZUDAN KUCH OLADI!


Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabasi Sevinch Erkaboyeva O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan "XALQARO TOIFADAGI SPORT USTASI" sharafiga munosib ko‘rildi.

Ma’lumot uchun, Sevinch Erkaboyeva gandbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori, 2020-2021-yil Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, 2022-yil O‘rtaosiyo chempioni va “Eng yaxshi to‘purar” nominatsiyasi g‘olibi, joriy oyda bo‘lib o‘tgan II MDH o‘yinlarining bronza medali sovrindori edi va endilikda "Xalqaro sport ustasi" sharafi ham uning yutuqlari qatoriga qo‘shildi.

Iste’dodli va umidli talabamizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz, yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalarida doimo ko‘klarga ko‘tarishiga tilakdoshmiz! 

MAQSAD — ORZUDAN KUCH OLADI!;urspi;urspi.uz;

MAQSAD — ORZUDAN KUCH OLADI!;urspi;urspi.uz;

MAQSAD — ORZUDAN KUCH OLADI!;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: