Bugun yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova va Kengash aʼzolari ishtirok etdilar.
Kengash kun tartibida:
UrDPI Kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish, Kengash ish rejasini tasdiqlash;
2023/2024-o‘quv yili yakunida institut professor-o‘qituvchilari faoliyatini baholash mezonlari tartibi;
Institutda faoliyat yurituvchi tuzilmalar (soha prorektorlari, rektor tasarrufidagi bo‘limlar, Akademik litsey)ning yangi o‘quv yili uchun shakllantirilgan reja loyihalari muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘quv-meyoriy hujjatlarni, Odob-axloq kodeksi, institut talabalari uchun Talabalar turar joyi to‘g‘risidagi Nizom, Xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov tartibi loyihalari muhokama qilindi va tasdiqlandi.



©️UrDPI Matbuot xizmati