Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI “YANGI NAFAS” YUGURISH MARAFONIDA I VA II O‘RIN SOHIBLARI


O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bugun, 3-sentabr kuni, Xiva shahrida o‘tkazilgan “Yangi nafas” sport musobaqalarida Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 224-guruh talabasi Isobek Saparbayev 1-o‘rinni va 225-guruh talabasi Doston Saparboyev 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar hamda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar!

 Maʼlumot o‘rnida Jismoniy madaniyat yigitlari doimo “Yangi nafas” yugurish va yurish marafonida sovrindorlar qatorida hamda shohsupaning yuqori cho‘qqilarini zabt etib kelmoqdalar!

Isobek Saparbayev yaqinda Rossiya davlatining Ufa shahrida o‘tkazilgan I-yozgi surdlimpiada o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib qaytdi hamda “30-iyun - Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch shahrida o‘tkazilgan “Yangi nafas” yugurish marafonida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Doston Saparbayev  2022-yilning 13-noyabr sanasida o‘tkazilgan “Yangi nafas” marafonida  1-o‘rinni, joriy yilning 12-mart sanasida o‘tkazilgan marafonda 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Bugungi g‘alaba bilan talabalarimizni samimiy muborakbod qilamiz va hamisha zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI “YANGI NAFAS” YUGURISH MARAFONIDA I VA II O‘RIN SOHIBLARI;urspi;urspi.uz;

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI “YANGI NAFAS” YUGURISH MARAFONIDA I VA II O‘RIN SOHIBLARI;urspi;urspi.uz

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI “YANGI NAFAS” YUGURISH MARAFONIDA I VA II O‘RIN SOHIBLARI

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: