Close

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YANGI 2023/2024-O‘QUV YILINING BOSHLANISHI VA MUSTAQILLIGIMIZNING 32 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI.

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Durdona Rahimova, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Qutlimurotova, O‘zbekiston Respublikasi Senati a'zosi Farog‘at Sa'dullayeva hamda Urganch davlat universitetida ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan fidoyi professor-o‘qituvchilar tashrif buyurdilar.

Tadbirni UrDPI rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Bayramona kayfiyat ulashgan ushbu tadbir davomida mehmonlar bo‘lajak pedagoglarga o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida muvaffaqiyat tiladilar.

Urganch davlat pedagogika institutida yangi 2023/2024-o‘quv yilining boshlanishi va mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir "Xorazm 24" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.

Lavhadan oliygohimizning faxriy mehmoni, UrDU professori Sultonposhsha Masharipova va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zolariga beriladigan grant sohibasi Umriniso Mahmudova, grant asosida talabalikka tavsiya etilgan Guliston Ollanazarovalarning intervyulari o‘rin olgan.

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YANGI 2023/2024-O‘QUV YILINING BOSHLANISHI VA MUSTAQILLIGIMIZNING 32 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: