Bugun UrDPIga ikki nafar akademik olimlar - tarixchi olim, akademik Anatoliy Sadullayev hamda biolog olim, akademik Bakriddin Zaripovlar Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar. Akademik olimlar institut rektori Feruza Madraximova va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida mamlakatimizdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, ta'limga, xususan, pedagoglarga qaratilayotgan e'tibor samarasi o‘laroq Urganch davlat pedagogika institutining tashkil qilinishi va bugungi kundagi faoliyati haqida fikr yuritildi. Shuningdek, oliy ta'limdagi islohotlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati kabi qator masalalar haqida fikr-mulohazalar bayon qilindi.



©️UrDPI Matbuot xizmati