Close

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR JAMOASI BILAN UCHRASHDI

Bugun UrDPI rektori Feruza Madraximova institit jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda institut prorektorlari, dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida rektor 2023-2024-o‘quv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va institut jamoasi oldida turgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy, o‘quv va ma'naviy yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan shaxsiy ish rejalari bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shu bilan birga yig‘ilish davomida soha prorektorlari o‘z yo‘nalishlari doirasida o‘quv yilidagi ish rejalari va vazifalar hamda ularning ijrosi yuzasidan taqdimot qildilar. Shuningdek, ta'lim sifati bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning fikr mulohazalari tinglandi.

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR JAMOASI BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: