Close


REKTOR TALABALARNING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHDI


Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova navbati bilan barcha fakultetlardagi birinchi bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida rektor bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga va pedagogika sohasiga qaratilayotgan e’tibor, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzi va bo'lajak pedagog kadrlarni zamon talabalariga mos tarbiyalash masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, talaba-yoshlar hayotida ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, oliygoh va ota-onalarning o'zaro hamkorligi hamda ularning bo‘sh vaqtlarini tashkil etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida ota-onalarning fikrlari, taklif hamda tavsiyalari tinglandi, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, ota-onalar institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari, axborot resurs markazi, sport zal, darslarni kuzatuv xonalari, Talabalar turar joylari bilan tanishdilar.

REKTOR TALABALARNING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

REKTOR TALABALARNING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

REKTOR TALABALARNING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: