Close

VILOYAT OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASI, GURLAN TUMANI HOKIMLIGI, OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA ILMIY TASHKILOTLAR HAMKORLIGIDA

Viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Gurlan tumani hokimligi, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar hamkorligida barcha sohalarda ilmiy yechimini topmagan muammolarga bag‘ishlangan forsayt tadbiri o‘tkazildi va unda Urganch davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori muhandisi Muazzamxon Yaxshibayeva faol ishtiroki uchun taqdirlandi.

Tadbirda sohalarda muammolarni aniqlagan holda, uning yaqin va uzoq istiqboliga nazar solib, soha rivojiga hissa qo‘shadigan yechimlarni, yo‘nalishlarni aniqlash bo‘yicha olimlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok qildi.

Ma’lumot uchun: Forsayt bu inglizchadan tarjima qilinganda kelajakka nazar, degan ma’noni anglatib, biron bir voqea, jarayon, hodisani bir necha yil oldinga nazar tashlagan holda kelajakdagi holatini ko‘zdan kechirishdir.

Muazzamxon Yaxshibayevani yangi e'tirof bilan tabriklaymiz va ilmiy parvozlar tilaymiz!

VILOYAT OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR BOSHQARMASI, GURLAN TUMANI HOKIMLIGI, OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA ILMIY TASHKILOTLAR HAMKORLIGIDA ;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: