2023 YIL 18-19-SENTABR KUNLARI DAVOMIDA NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI VAKILLARI RAVSHAN BERDIQULOV VA RAVSHAN MADATOVLAR URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORINING TAKLIFIGA BINOAN O‘QUV-USLUBIY ISHLAR HOLATINI O‘RGANISH VA METODIK KO‘MAK BERISH MAQSADIDA OLIYGOHGA TASHRIF BUYURDILAR.
O'rganish davomida institutda o'tgan bir yil davomidagi o'quv-uslubiy yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. O'rganish natijasida o‘quv jarayonda qator muammolar aniqlanib, ushbu yo'nalishdagi ishlar qoniqarli darajada tashkil etilmaganligi aniqlandi.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tegishli mas'ullarga ikki hafta muddatda jarayonni tartibga solish bo'yicha ko'rsatma berildi. Shuningdek, o'rganish yakunida kredit modul tizimi bo'yicha oliygohning mas'ullariga seminar-trening o‘tkazildi.
Shu o'rinda UrDPI rahbariyati Nizomiy nomidagi TDPU rahbariyatiga hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi.



©️UrDPI Matbuot xizmati