Close


BUGUN URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING TEXNOLOGIK TA'LIM YO'NALISHIDAGI FAOLIYAT YUZASIDAN OLIYGOHGA FRANSIYADAN DIZAYNERLAR IBTISAM EL MERABE VA MADINA NACER HAMDA "BAHOR" BRENDI ASOSCHISI NAVBAHOR BOUDOTLAR TASHRIF BUYURDILAR


Bugun Urganch davlat pedagogika institutining Texnologik ta'lim yo'nalishidagi faoliyat yuzasidan oliygohga Fransiyadan dizaynerlar Ibtisam El Merabe va Madina Nacer hamda "Bahor" brendi asoschisi Navbahor Boudotlar tashrif buyurdilar.

Ular bilan institut rektori Feruza Madraximova uchrashdi. Uchrashuv davomida institutda Texnologik ta'lim yo‘nalishidagi talabalarning imkoniyatlari, ularni tikuvchilik va kasbga yo'naltirish borasidagi amaliy ishlar bo'yicha fikr almashildi. Kelgusida talabalarning tikuvchilik va dizaynerlik faoliyati yuzasidan hamkorlikka kelishildi.

urspi;urspi.uz;

urspi;urspi.uz;

urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: