Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 15-sentabrdagi 419-sonli buyrug‘iga ko‘ra, respublika bo‘ylab oliygohlarning Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari faoliyati va ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.
Shu munosabat bilan bugun Urganch davlat pedagogika institutida o‘rganish olib borildi hamda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati, talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlar, "Qizlarjon" klubi faoliyati kabi bir qator masalalar o‘rganilib, sarhisob qilindi, yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida talaba-qizlarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi bilan ham tanishildi.



©️UrDPI Matbuot xizmati