BUGUN URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA “MARD O‘G‘LON” DAVLAT MUKOFOTI SOVRINDORI, “KHISO OLYMPIAD SCHOOL” OLIMPIADALAR MAKTABI ASOSCHISI SARDOR BAZARBAYEV VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VILOYAT BOSHQARMASI VAKILI DONIYOR YUSUPOV TASHRIF BUYURDILAR
Bugun Urganch davlat pedagogika institutiga “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti sovrindori, “Khiso olympiad school” olimpiadalar maktabi asoschisi Sardor Bazarbayev va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakili Doniyor Yusupov tashrif buyurdilar.
Ular Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati nomidan institut rektori Feruza Madraximovaga yangi chop etilgan "Uyg'onish" kitoblar to'plamini hadya qildilar. Shuningdek, Sardor Bazarbayev o'z muallifligidagi kitoblar to'plamidan ham tuhfa qildi.
"Uyg'onish" kitoblar to'plami "Jadidlar" to'plamining davomi bo'lib, unda Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Muhammad al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati bo'yicha alohida kitoblar jamlanmasi mavjud.



©️UrDPI Matbuot xizmati