Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI JAMOASI “ZAKOVAT” TURNIRIDA RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMANI QO‘LGA KIRITDI


2023-yil 24-sentabr kuni o‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirining Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi va unda Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Turnirda viloyatimizdagi ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va pedagog xodimlardan iborat 76 ta jamoa ishtirok etdi. Saralash va final bahsidan iborat musobaqada jamoalar o‘zaro bellashishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
    1-o‘rin: Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
    2-o‘rin: Urganch davlat pedagogika instituti;
    3-o‘rin: Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoalariga tegishli bo‘ldi.

 Jamoamizni samimiy muborakbod qilamiz va respublika bosqichida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonamiz.

urspi;urspi.uz;

urspi;urspi.uz;

urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: