Yuqorida xabar berganimizdek, bugun Urganch davlat pedagogika institutiga Turkiyaning Necmettin Erbakan universiteti Pedagogika va psixologiya bo‘limi rahbari, professor Erdal Hamarta hamda Tasviriy san’at bo‘yicha mutaxassis, professor Hatiche Kubralar tashrif buyurdilar.
Mehmonlar institut rektori Feruza Madraximova bilan uchrashuvdan so‘ng Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalariga seminar-trening o‘tdilar. Trening davomida inson va psixologiya, ruhiyat va jamiyat, sababiyat va oqibat masalalariga, shuningdek, tasviriy san’atning inson ruhiyati va milliylik bilan bog‘liqligi, o‘zbek va turk millatlarining mushtarak go‘zal urf-odat va san’atlari haqida fikr-mulohazalar bayon qilindi.
Musiqa ta'limi yo‘nalishi talabalari tomonidan kuylangan o‘zbek va turk millatlarining kuy va qo‘shiqlari barchaning ko‘nglidan birdek joy oldi.



©️UrDPI Matbuot xizmati