Trening institut binosi oldida, ochiq osmon ostida o‘tkazildi.
Treningda Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b Jumanazar Yarmetov rahbarligida institut rahbariyati, o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalari ham faol ishtirok qildilar.
UrDPI Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi muhandisi Bobur Bekchanov taklifi bilan tashrif buyurgan Urganch shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruv qismi xodimi, katta leytenant Anvar Eshmetov rahbarligidagi bir guruh ishchi-xodimlar 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublika bo‘yicha "Yong‘in xavfsizligi oyligi" deb e'lon qilinishi munosabati bilan institut jamoasiga is gazidan zaharlanishning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan batafsil ma'lumotlar berdilar va tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Bu kabi treninglar, ayniqsa, talaba-yoshlarning xavfsizlik qoidalariga yanada e'tiborli bo‘lishlarida muhim o‘rin tutadi, albatta.




UrDPI Matbuot xizmati