Close


URDPI AXBOROT RESURS MARKAZIDA AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIM ISHGA TUSHIRILDI URDPINING ARMDA TALABALARNING KITOB OLISH, TOPSHIRISH VA KUTUBXONADAN FOYDALANISH JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH UCHUN AXBOROT KUTUBXONANI BOSHQARISH TIZIMI (AKBT) MILLIY DASTURI O‘RNATILDI.


Avtomatlashtirilgan ARMga a’zo bo‘lish uchun anketa to‘ldiriladi va ma’lumotingiz elektron bazaga kiritiladi.

Kitob olish va kutubxona bilan bog‘liq barcha axborotlaringiz doimiy ravishda saqlanib turadi. Kitob topshirish muddati yaqinlashganligi bo'yicha hamda muddatini uzaytirishingiz kerakligi ogohlantiriladi.

Institutda kitobga qo‘yiladigan shtrix kodni chop qilish printeri Xprinter XP-365B ham ishga tushirildi. Endilikda kutubxona sizga doimiy foydalanishingiz uchun shtrix kodli kartochka taqdim qiladi.

A’zo bo‘lgach kerakli kitobni tanlaysiz, kitobdagi shtrix kodni kitobdagi va kitobxon kartochkasidagi shtrix-kodni o‘qish uchun mo‘ljallangan lazerli shtrix-kod skaneriga avtomatik o‘qitasiz va kitob Sizning ixtiyoringizga o‘tadi.

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: