Urganch davlat pedagogika instituti va Ozarbayjon universiteti o‘rtasida zoom dasturi orqali o‘zaro muzokaralar olib borildi.
Onlayn muloqot chog`ida Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b Jumanazar Yarmetov, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Xasanboy Siddiqov, Filologiya va san'at fakulteti dekani Zafar Adilov, “Umumiy filologiya” kafedrasi dotsenti v.b. M.Matquliyeva, Xalqaro hamko‘rlik bo‘lim boshlig‘i D.Palvanovalar hamda Ozarbayjon universiteti prorektori, professor Nisaxanim Babayeva, dr Ferahile Babayeva-Shukurovalar ishtirok qilishdi.
Muzokarada, avvalo, O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlarining mustahkam do‘stligi, bir necha ming yilliklarga borib taqaladigan qavm-qarindoshligi, xalqlar o‘rtasidagi mushtarak jihatlar va o‘ziga xos bo‘lgan milliy urf-odatlar haqida iliq fikrlar bildirildi.
Qolaversa, ilmiy faoliyatlar, o‘quv hamda madaniy-ma'rifiy jarayonlar, xususan, ikkala oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ikkala oliy dargohning istiqbolli loyihalari kabi ko‘plab masalalar yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi, memorandum imzolanishiga kelishib olindi.
Porloq kelajak sari qo‘yilgan yana bir tamal toshing muborak, Urganch davlat pedagogika instituti!!!



UrDPI Matbuot xizmati