Close


XORAZM TELEKANALINING “YOSHLAR SIYOSATI AMALDA” KO‘RSATUVIDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FAOLIYATI HAR TOMONLAMA YORITILDI


Ko‘rsatuv «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori; unda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida, Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika institutini tashkil etish belgilab qo‘yilganligi haqidagi muhim xabar bilan boshlandi.  Shuningdek, 2022-2023-o‘quv yilida Urganch davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilingan talabalar o‘qishlarini tegishliligi bo‘yicha Urganch davlat pedagogika institutida boshlaganliklari bilan bog‘liq ma'lumotlar ham aytib o‘tildi.

Ko‘rsatuvda yangidan tashkil etilayotgan Urganch davlat pedagogika institutining dastlabki faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan joriy ta’mirlash va zarur jihozlarni xarid qilish ishlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilganligi; Urganch davlat universitetining Urganch shahri, Gurlan ko‘chasida joylashgan bino va inshootlari, tegishli hududi hamda mavjud barcha jihozlari bilan birgalikda Urganch davlat pedagogika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilganligi ham aytib o‘tildi. Ko‘rsatuv institut hayotidan lavhalarga va intervyular guldastalariga boy bo‘ldi. Institut hayotini yoritishda ommaviy axborot vositalari alohida ahamiyatga ega, albatta!!!

urspi.uz;XORAZM TELEKANALINING “YOSHLAR SIYOSATI AMALDA” KO‘RSATUVIDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FAOLIYATI HAR TOMONLAMA YORITILDI

urspi.uz;XORAZM TELEKANALINING “YOSHLAR SIYOSATI AMALDA” KO‘RSATUVIDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FAOLIYATI HAR TOMONLAMA YORITILDI

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: