Close


“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga guvohnomalar topshirildi Urganch davlat pedagogika institutida talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ular o‘rtasida huquqbuzarlikni, jinoyatchilikni oldini olish va ta’lim muassasasini xavfsiz hududga aylantirish maqsadida 15 nafar ko‘ngilli talabalardan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etildi.


Bugun ushbu guruh aʼzolari bilan institut rektori Feruza Madraximova, rektor maslahatchisi Dilmurod Yusupov va profilaktika noziri Zuhra Allanazarovalar uchrashdilar. 

Uchrashuv davomida guruhning asosiy maqsad va vazifalariga batafsil to‘xtalib, zarur tushuncha va tavsiyalar berildi. Shuningdek, institut rektori tomonidan jamoa a’zolariga guvohnomalar topshirildi.

urspi;urspi.uz;urspi;urspi.uz;urspi;urspi.uz;

Ulashish: