Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI OLTINOY SOTIMBOYEVA OSIYO CHEMPIONI!


Institutning Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 222-guruh talabasi Oltinoy Sotimboyeva Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida sportning boks turi bo‘yicha 81 kg vazn toifasida ishtirok etib, final bosqichida hindistonlik Pooniya Khushini taslim etdi va Osiyoda tengsiz bo‘ldi.

Umidli talabamizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz va O‘zbekiston bayrog‘ini yanada ko‘klarga ko‘tarishiga ishonamiz!

urspi.uz

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: