Xabaringiz bor Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Oltinoy Sotimboyeva Qozog‘istonning Ostona shahrida joriy yilning 23-oktabr 3-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida sportning boks turi bo‘yicha 81 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi hamda Osiyo boks konfederatsiyasining e’tirofiga ko‘ra 2022-2023-yildagi Osiyoning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Shuningdek, yana bir talabamiz Jismoniy madaniyat yo‘nalishining 234-guruh talabasi Sitora Baxodirova ham boks sport turi bo‘yicha 63 kg vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Bugun ushbu sportchi-talabalarimiz Urganch vokzalida Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi, shuningdek, Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi xodimlari hamda boshqa mas'ullar ishtirokida tantanali kutib olindi.
Talabalarimizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz va O‘zbekiston bayrog‘ini yanada ko‘klarga ko‘tarishlariga ishonamiz!



©️UrDPI Matbuot xizmati