Close


REKTOR MAGISTRLAR BILAN UCHRASHDI


Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova oliygohning 80 nafardan ortiq magistratura bosqichi talabalari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida rektor magistrlar va ularning ilmiy rahbarlari faoliyati, magistrlik dissertatsiyalarining tayyorgarlik holati, xalqaro va respublikaning OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarida maqolalar chop qilish, shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish va ularning ishtirokchisiga aylanib qolmaslik kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Yig'ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.v.b. Diyorjon Abdullayev va Magistratura bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Xudayberganovlar ham ilmiy va o‘quv jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq, shuningdek magistrlik dissertatsiyalari himoyalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirish berdilar.

urspi

urspi

urspi

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: