Close


KASABA UYUSHMALARI TIZIMINING FAOL XODIMLARI TAQDIRLANDI


Kasaba uyushmalari tizimining faol xodimlari taqdirlandi

11-noyabr "Kasaba uyushmalari kuni" bayrami munosabati bilan bugun Xorazm viloyati Taʼlim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi tizimidagi xodimlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Xorazm viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi Muyassar Rahimova, UrDPI rektori Feruza Madraximova, URDU rektori Bahrom Abdullayev, Maktab va maktabgacha ta'lim Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i Hamro Bektemirov hamda viloyatning ta'lim tizimidagi kasaba uyushmasi boshlang'ich tashkiloti vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda sohada ko'p yillar mehnat kilib, o'ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgan, izlanuvchan, tashabbuskor kasaba uyushmalari tashkilotlarining faollari esdalik sovg'alar hamda faxriy yorliqlar bilan rag'batlantirildi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: