Uchrashuv chog‘ida Rossiyaning A.S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti Tarix fanlari doktori, professor Vladimir Shaydurov Nikolayevich; Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b Jumanazar Yarmetov; Urganch davlat universiteti professori O‘tkir Abdullayev Ismailovich, Filologiya va san'at fakulteti dekani Zafar Adilov; “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent Umar Xo‘jamurodov; “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Habibulla Yunusxo‘jayev, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Mardon Hasanovlar ishtirok qilishdi.
Uchrashuvda, avvalo, O‘zbekiston va Rossiya davlatlarining mustahkam do‘stligi, bir necha ming yilliklarga borib taqaladigan qavm-qarindoshligi, xalqlar o‘rtasidagi mushtarak jihatlar va o‘ziga xos bo‘lgan milliy urf-odatlar haqida iliq fikrlar bildirildi.
Qolaversa, ilmiy faoliyatlar, o‘quv hamda madaniy-ma'rifiy jarayonlar, xususan, ikkala oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ikkala oliy dargohning istiqbolli loyihalari kabi ko‘plab masalalar yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi.
Porloq kelajak sari qo‘yilgan yana bir tamal toshing muborak, Urganch davlat pedagogika instituti!!!
.jpg)

.jpg)

UrDPI Matbuot xizmati