“MA’NAVIYAT MARAFONI” DOIRASIDA “BIZ BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!” SHIORI OSTIDA TADBIR TASHKIL QILINDI
Bugun viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan “Ma‘naviyat marafoni” doirasida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tadbir tashkil qilindi
Tadbirni Urganch davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Davronbek Yusupov ochib berdi.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Bekzod Abdirimov rahbarligida boshqa viloyatimiz mas'ullari ham ishtirok etgan tadbirda institut talaba-yoshlari tomonidan Ona Vatanni madh qiluvchi bir-biridan rang-barang chiqishlar namoyish qilindi, shuningdek, “Milliy qadriyatlar — millat kо‘rki” shiori ostida milliy liboslar namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bu kabi go‘zal tadbirlar ham o‘ziga xos ahamiyatga ega, albatta!