Urganch davlat pedagogika institutida “Ota-onalar va ustozlar” bog‘i tashkil qilindi
Bugun oliygoh rahbariyati, professor-o'qituvchilari, volontyor talabalaridan iborat jamoa ishtirokida ushbu bog‘ga 65 tub nok hamda 45 tub olma ko‘chati, jami 110 tub mevali ko‘chatlar ekildi.
Ma'lumot uchun, Respublikamiz bo‘ylab joriy yilning 25-oktabrida start olgan #Yashil_makon umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish jarayonlari 1-dekabrgacha davom etadi.
Institut hududiga hozirga qadar ekilgan ko‘chatlar tagidagi begona o‘tlar tozalanib, muntazam ravishda sug‘orish ishlari olib borilmoqda. Har bir hudud va ulardagi daraxt va butalar fakultetlar, kafedralar, professor-o‘qituvchilar hamda doktorantlarga biriktirilgan.





©️ UrDPI Matbuot xizmati