Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “REKTOR BOG‘I” TASHKIL QILINDI


Bugun oliygoh rahbariyati, professor-o'qituvchilari, volontyor talabalaridan iborat jamoa ishtirokida ushbu bog'ga 40 tub manzarali va mevali daraxtlar ekildi.

Ma'lumot uchun, Urganch davlat pedagogika instituti hududiga jami 800 tub manzarali, mevali daraxtlar va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 1010 tub ko‘chat ekildi va  reja 126 foizga bajarildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi nafaqat yashillik va musaffolikni bizga qaytardi, balki qizg'in ilm va o'quv jarayonlarining fidoiy insonlarini bir nihol atrofida birlashtirdi ham!

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: