Close


"YOSHLIK" XORAZMDA! TANIQLI YOZUVCHILAR — URDPINING AZIZ MEHMONI!


"Yoshlik" Xorazmda! Taniqli yozuvchilar — UrDPIning aziz mehmoni!

"Yoshlik" jurnali mutasaddilari, taniqli yozuvchilar, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas'ul xodimi va Urganch davlat pedogogika institutining ijodkor yoshlari o'rtasida adabiy uchrashuv bo'lib o'tdi

Uchrashuvda taniqli yozuvchi va tarjimon Vafo Fayzulloh, "Yoshlik" jurnalining bosh muharriri Nurilla Chori, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas'ul xodimi Mansur Boysariyev hamda Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shuhrat Matkarim talabalarga bugungi adabiy jarayon, xususan, yosh ijodkorlarning kashf etilishi, yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tibor haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, hozirgi adabiy jarayonda, yosh avlodning ma'naviy kamolotida "Yoshlik" jurnalining o'ziga xos o'rnini ham alohida e'tirof qildilar. 

O'z navbatida institutning iqtidorli talabalari tomonidan aytilgan  takliflar "Yoshlik" jurnali mutasaddilarini bee'tibor qoldirmadi. Institut talabalarining she'r va hikoyalari, rassom qizlarning ijodiy ishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bu kabi iste'dodli yoshlarning ijod namunalarini elga tanitish "Yoshlik" jurnali tahririyatining asosiy maqsadlaridan biri ekanligi ta'kidlandi. 

Qiziqarli va ko'tarinki ruhda o'tgan uchrashuv ijodkor yoshlar uchun foydali va samarali bo'lishiga shubha yo'q!

©️ UrDPI Matbuot xizmati

 

Ulashish: