Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI FERUZA MADRAXIMOVA BOSHCHILIGIDA INSTITUT VAKILLARI OZARBAYJON RESPUBLIKASI POYTAXTI BAKU SHAHRIDA


Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova boshchiligida institut vakillari Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Baku shahrida xizmat safarida bo'lib turibdilar. 

Safar davomida ko'plab xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalari o'rnatish, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish rejalashtirilgan. 

Xususan, Ozarbayjon davlat madaniyat va rassomchilik universitetida Turkiy xalqlar ishtirokida tashkil etilgan xalqaro ilmiy konferensiyada UrDPI rektori Feruza Madraximova ma'ruza bilan ishtirok etdi. So'ngra Ozarbayjon davlat madaniyat va rassomchilik universiteti rektori Maxmudova Jeyran xonimga yurtimiz milliy madaniyatiga oid sovg'alar taqdim etildi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: