Urganch davlat pedagogika institutida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Abdulbosit Mamadaliyev, Sirojiddin Abduvoitovlar hamda Rektor maslahatchisi Dilmurod Yusupovlar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi
Uchrashuvni oliygohning Yoshlar masalalari, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Davronbek Yusupov ochib berdi.
Uchrashuvda buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriyning dunyo ilm-fan taraqqiyotiga, hadisshunoslik ilmiga qo'shgan beqiyos hissasi, bugungi globallashuv zamoni va turli yot g'oyalarning yoshlarga ta'siri kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi. Savollarga batafsil javoblar berildi.


.jpeg)
.jpeg)
.jpeg)
©️ UrDPI Matbuot xizmati