Close

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XALQ ARTISTLARI ISHTIROKIDA OCHIQ DARS O'TKAZILDI

Urganch davlat pedagogika instituti "Milliy g'oya va falsafa" kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD) Hakim Saidov "Madaniy taraqqiyotda xalq teatri va milliy raqslarning o’rni" mavzusida O'zbekiston xalq artisti Gulora Raximova va "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Odamboy Abdullayevlar ishtirokida ochiq dars mashg'uloti o'tkazdi

Dars davomida talabalar O'zbekiston xalq artisti Gulora Raximova tomonidan iqtidor va iste'dod bilan o'qilgan "Oshig' G'arib va Shohsanam" dostoni, "To'maris" monologi parchalaridan bahramand bo'ldilar. "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Odamboy Abdullayev tomonidan Xorazmda teatrlarning paydo bo'lishi va ularning tarixi haqidagi qiziqarli tarixiy ma'lumotlarni tingladilar. Mavzu doirasida qizg'in savol-javoblar bo'lib o'tdi. 

Dars bir umrga talabalar xotirasida muhrlanib qolganiga shubha yo'q!

urspi.uz;UrDPIda Xalq artistlari ishtirokida ochiq dars o'tkazildi

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: