Close


TURKIYANING ISTANBUL UNIVERSITETI PROFESSORI URDPI TALABALARIGA DARS BERADI


Bugundan Urganch davlat pedagogika institutida Turkiyaning Istanbul universiteti vakili, Tarix fanlari professori Kurshat Yildirim oliygohning Tarix va iqtisodiy geografiya kafedrasi professori sifatida muddatli ravishda faoliyat boshladi.

Ushbu faoliyatdan maqsad ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, chet el tajribalarini amalda qo‘llash va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdir.  

Bugun oliygohning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori v.v.b. Diyorjon Abdullayev boshchiligida bir guruh mas'ullar mehmonlar bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda, avvalo, O‘zbekiston va Turkiya davlatlarining mustahkam do‘stligi, bir necha ming yilliklarga borib taqaladigan qavm-qarindoshligi, xalqlar o‘rtasidagi mushtarak jihatlar va o‘ziga xos bo‘lgan milliy urf-odatlar haqida iliq fikrlar bildirildi. Shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda oliygohlarning ilmiy salohiyatlarini yanada oshirish, kelgusida rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar kabi masalalar muhokama qilindi. 

Hamkorlikning yo‘nalishi hozirda, asosan, tarix fanini o‘qitish bo‘yicha bo‘lib, keyinchalik tarmoqlarning yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan va Turkiyaning Istanbul universitetidan yana professor-o‘qituvchilarning Urganch davlat pedagogika institutiga tashrifi ham kutilmoqda. 

Institutni bir kundagi ikkita xalqaro hamkorlik bilan muborakbod qilamiz va bundan keyingi istiqbolli loyihalariga ham muvaffaqiyat tilab qolamiz!

urspi.uz; Turkiyaning Istanbul universiteti professori UrDPI talabalariga dars beradi

urspi.uz; Turkiyaning Istanbul universiteti professori UrDPI talabalariga dars beradi

urspi.uz; Turkiyaning Istanbul universiteti professori UrDPI talabalariga dars beradi

urspi.uz; Turkiyaning Istanbul universiteti professori UrDPI talabalariga dars beradi

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: