Close


INSON HUQUQLARI — DAVLATNING OLIY MAQSADIDIR!


Urganch davlat pedagogika instituti "Milliy g‘oya va falsafa" kafedrasi tomonidan "Inson huquqlari — davlatning oliy maqsadidir" mavzusida Xorazm viloyati Ma'muriy sudi sudyalari: Umrbek Xasanov, Timur Ibragimov va Ma'muriy sud sudyasining katta yordamchisi Kamoladdin Abdullayevlar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan huquqiy-me'yoriy hujjatlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi hamda inson huquqlari ustuvor yurtda xalq farovonligi ta'minlanishi alohida e’tirof qilindi. Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Uchrashuvda, shuningdek, fakultet dekani dots. Nargiza Masharipova, kafedra mudiri Shahlo Samanovalar ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, so‘zga chiqdilar. Albatta, mamlakatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelmoqda. Buni bugungi kungacha yurtimizda qabul qilingan qonun va qarorlar, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning natijasi o‘laroq, fuqarolarimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi farovonlik, yuksalishlarni dunyo tan olayotganligi bilan asoslash mumkin! Soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi!

urspi.uz; INSON HUQUQLARI — DAVLATNING OLIY MAQSADIDIR!

urspi.uz;INSON HUQUQLARI — DAVLATNING OLIY MAQSADIDIR!

urspi.uz;INSON HUQUQLARI — DAVLATNING OLIY MAQSADIDIR!

urspi.uz;INSON HUQUQLARI — DAVLATNING OLIY MAQSADIDIR!

urspi.uz;INSON HUQUQLARI — DAVLATNING OLIY MAQSADIDIR!

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: