Ayni paytda Urganch davlat pedagogika instituti Tarix va geografiya kafedrasi mudiri Umar Xujamuratov Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo'lib turibdi
Bugun, 27-noyabr kuni, U.Xujamuratov Shanlıurfa shahridagi 30 mingdan ortiq talabani qamrab olgan HARRAN universitetida bo'lib, oliygoh rektori, professor Меhmet Tahir Gulluo'g'li qabulida bо'ldi.
Uchrashuv davomida o'quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalarda hamkorlikni amalga oshirish, xususan, hamkorlikda ilmiy maqolalar, risolalar chop qilish, professor-o'qituvchilar, doktorantlar va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi. Taklif va tavsiyalar o'rtaga tashlandi.
Universitet rektori Mehmet Tahir Gulluo'g'li Urganch davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik qilishga tayyorligini va institut bilan hamkorlik memarandumi imzolash istagini bildirdi.




©️ UrDPI Matbuot xizmati