Close


URDPI REKTORI FERUZA MADRAXIMOVA LANDJOU DAVLAT UNIVERSITETI VA LANDJOU TRANSPORT VA TEXNIKA UNIVERSITETI RAHBARLARI BILAN TEGISHLI YO'NALISHLAR KESIMIDA TALABALAR, PROFESSOR-O'QITUVCHILAR ALMASHINUVI HAMDA HAMKORLIKDA ILMIY TADQIQOT ISHLARI BO'YICHA MUZOKARALAR OLIB BORDI


Xabar berganimizdek, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Xorazm viloyati hokimligi delegatsiyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Landjou, Nanning, Fangchenggang shaharlarida xizmat safarida bo'lmoqdalar.

Tashrif davomida Guangxi hududining Fangchenggang va Nanning shaharlarida forum va muzokaralar o'tkazib, bugun Landjou shahriga keldilar. Bu yerda hududning tashkilotlari, tabkirlor va investorlari hamda OTMlar va korxona rahbarlari ishtirokida forum o'tkazildi.

Forumdan so'ng UrDPI rektori Feruza Madraximova Landjou davlat universiteti va Landjou transport va texnika universiteti rahbarlari bilan tegishli yo'nalishlar kesimida talabalar, professor-o'qituvchilar almashinuvi hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha muzokaralar olib bordi.

*Ertaga kun davomida Landjouda uchrashuvlar va universitetlarga tashriflar davom etadi. Xizmat safari bilan bog'liq axborotlar keyingi postlarda berib boriladi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati

 

Ulashish: