Close


UrDPI REKTORI XITOYDAGI O'ZBEKISTONLIK TALABALAR BILAN UCHRASHDI


UrDPI rektori Xitoydagi o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi

Avval xabar berganimizdek, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Landjou, Nanning, Fangchenggang shaharlarida xizmat safarida bo'lmoqda. 

Uzoq yurtlarda o'z vatandoshlarini uchratish, ko'rish insonga o'zgacha iliqlik, mehr hissini beradi. Bugun rektor Feruza Madraximova Landjou shahridagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan Vatandoshlarimiz - O'zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan muloqot qilib ularning o'z sohalari bo'yicha puxta bilim egallashlari va albatta O'zbekistonimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo'lishlarida muvaffaqiyat tiladi. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati

 

Ulashish: