UrDPI UI GreenMetric World University Rankings tashkiloti a’zosiga aylandi
Xabaringiz bor, ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahrida "The 2023 UI GreenMetric World University Rankings" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tmoqda. Konferensiyada Urganch davlat pedagogika institutidan vakil sifatida Diyor Abdullayev va Elyor Nabiyevlar ishtirok etmoqdalar.
Bugun xalqaro konferensiya davomida institut vakillari UI GreenMetric World University Rankings raisi, Kompyuter injiniringi professori Dr.Ir. Riri Fitri Sari bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida Urganch davlat pedagogika institutining Xalqaro reytingga kirishini yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilindi, o'zaro fikrlar almashildi, taklif va tavsiyalar berildi. Yakunda UrDPI UI GreenMetric World University Rankings tashkiloti a’zosiga aylandi. Shuningdek, uchrashuvda institut vakillari tomonidan tashkilot raisiga institutning maxsus sovg’alari ham taqdim etildi.



©️ UrDPI Matbuot xizmati