Close


UrDPI VA IORDANIYA DAVLATINING JADARA UNIVERSITETI O’RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


UrDPI va Iordaniya davlatining Jadara universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahrida "The 2023 UI GreenMetric World University Rankings" xalqaro konferensiyasida ishtirok etayotgan vakillarimiz Diyor Abdullayev va Elyor Nabiyevlar Jadara universiteti prezidenti, professor Iman Basheti bilan uchrashdilar. 

Uchrashuv davomida OTMlararo ilmiy loyihalar tashkil etish, ma’ruzalar va simpoziumlar o‘tkazish, akademik o'quv dasturlar almashinuvi, o‘zaro kelishuv asosida ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar yuzasidan muzokara olib borildi hamda hamkorlik memorandumi imzolandi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: