Close


UrDPI KENGASHINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI


UrDPI Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Kecha Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova, kengash aʼzolari va taklif qilingan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Dastlab ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar topshirildi. Shuningdek, yil davomida turli yo'nalishlarda faollik ko'rsatib, ijobiy natijalarga erishgan qator professor-o'qituvchilar rektor tomonidan taqdirlandilar. 

Kengash kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma'sullar axborotlari hamda  soha prorektorlari va rektor tasarrufidagi bo‘limlarning hisobotlari tinglandi.

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan qator o'quv qo'llanma va darsliklar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi kengashiga tavsiya qilindi. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: