Close


REKTOR IJTIMOY HIMOYAGA MUHTOJ MAHALLA YOSHLARIGA YANGI YIL SOVG'ALARINI ULASHDI


Rektor ijtimoy himoyaga muhtoj mahalla yoshlariga Yangi yil sovg'alarini ulashdi

Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova #Yangi_yil bayrami bilan tabriklash maqsadida Shovot tumani #mahallalaridagi yoshlarning holidan xabar oldi.

Rektor tomonidan dekabr oyining so'nggi o'n kunligida Yangi yil bayrami munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan nogiron yoshlar holidan xabar olish ishlari muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Bugun ham to'rt nafar yoshga #Yangi_yil_sovg'alari ulashib, moddiy ko'mak berildi.

* Ma'lumot uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig'iga muvofiq, har bir oliy ta’lim muassasasi rektorlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan mahalla yoshlari biriktirilgan. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: