Close


Dunyoning TOP 500 taligida 362-o'rinda turuvchi nufuzli oliygoh AQShning Linkoln universiteti va Urganch davlat pedagogika instituti o'rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda!


Bugun AQShning Linkoln universiteti prezidenti Mixail Brodskiy va Urganch davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Diyorjon Abdullayev o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, asosiy e'tibor akademik aloqalarni rivojlantirish va ikki tomonlama diplom olish dasturini amalga oshirishga qaratildi. 

Mixail Brodskiy ta’lim sohasidagi global hamkorlikning muhimligini ta’kidlab, “O‘zaro bog‘langan dunyoda universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik geografik chegaralardan oshib ketadigan ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. Urganch davlat pedagogika instituti bilan bu hamkorlik xalqaro akademik almashinuvni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir”, deya ta'kidladi.

Urganch davlat pedagogika institutining bundan keyingi xalqaro hamkorliklariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Ulashish: