Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi vakili, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Metrologik nazorat markazi bo'limi boshlig'i Isroiljon Abdupattoevich Urganch davlat pedagogika institutida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo'yicha o'rganish ishlarini olib bordi.
O'rganish davomida mavjud holat tahlil qilinib, zarur tavsiyalar berildi.
Ma'lumot uchun, ishchi guruh joriy yilning 8-11-yanvar kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashrifi davomida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko'p kvartirali turar joy fondining kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammoli masalalarni hal etish yuzasidan ish olib bormoqda.

