Close


Din ishlari qo'mitasi mutaxassisi va yoshlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi


Urganch davlat pedagogika institutida Urganch shahar Din ishlari qo’mitasi mutaxassisi O.Vaisov hamda oliygohning Rektor maslahatchisi Dilmurod Yusupovlar ishtirokida "Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish — har birimizning vazifamiz!" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda terrorizm va ekstremizm haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, terrorizm va ekstremizmning salbiy oqibatlari va uning domiga tushib qolmaslik haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Uchrashuv so'nggida hayotiy va ibratli videofilm namoyish qilindi.

Ulashish: