Close


“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”


2023-yil  2-dekabr kuni  Xorazm viloyati Bog‘ot tumani “Sahovat” mahallasida joylashgan 28-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida  O‘zbekiston Respublikasi Konstititsiyasi qabul qilinganligining  31 yilligiga bag‘ishlab, “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot  va farovon  hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot, ma’naniy-ma’rifiy va madaniy hamda bayram tadbirlaridan iborat tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Urganch davlar pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti “O‘zbek va rus tili adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Sapayeva Gulnoza Ulug‘bekovna  maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan  “Konstitutsiya- baxtimiz qomusi” mavzusidagi insholar va diktantlar tanlovida qatnashib, g‘oliblarni baholashda o‘z amaliy yordamini ko‘rsatdi.

Ulashish: