Besh muhim tashabbusning to‘rtinchi tashabbusi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Shu munosabat bilan 2023-yil mart oyidan boshlab har oyda Urganch davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talabalarni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” ko‘rik-tanlovi tashkil qilindi.
Tanlovning navbatdagi sentabr bosqichi G‘afur G'ulomning "Yodgor" qissasi (o‘zbek guruhlar uchun) hamda rus adibi A.P.Chexovning “Палата №6” qissasi (rus guruhlar uchun) asarlari asosida o‘tkazildi. “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining 2-bosqichida yuqori ball to‘plagan talabalar diplom bilan taqdirlandilar.
