Close


“Vatanimiz kelajagi uchun barchamiz daxldormiz”


Pedagogika, boshlang‘ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Yaqubova Shahnoza, kafedraning yana bir o‘qituvchisi Salavatova Xurshida talabalar turar joyidagi yoshlar bilan uchrashib, “Vatanimiz kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida uchrashuv o‘tkazdilar.

⚡️ Suhbat davomida yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, yoshlarning o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun yurtimizda shart-sharoitlar yaratilayotganligi, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi to’g’risida to’xtalib o’tildi. Jismonan va ma’nan sog’lom bo’lgan yoshlar yurtimizning kelajagi uchun xizmat qila olishi, buyuk ishlarga qodir bo’la olishi haqida fikrlar bildirildi.

🦠 Shuningdek, har bir insonning o’z sog’ligi uchun mas’ul ekanligini, har qanday kasallikni davolagandan ko’ra uni oldini olish va to’g’ri, sifatli ovqatlanish qoidalariga amal qilish, talabalar turar joyidagi qoun-qoidalarga rioya qilish yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Ulashish: