Close


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDPI “O'zbek va rus tili adabiyoti” kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.


 Joriy yilning 20-oktabr kuni UrDPI Filologiya va tarix fakulteti "O‘zbek va rus tili adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi Asqarova Zulayxo Yangiboyevna tomonidan "G‘azallar tahliliga oid ma'lumotlar: shakliy va mazmuniy ko‘rsatkichlari(Alisher Navoiy g‘azallari tahlili misolida)" mavzusida mahorat darsi olib borildi.

Dars davomida Alisher Navoiy lirikasi asosida g'azallar tahlil qilinib, shakliy hamda mazmuniy ko'rsatkichlar aniqlandi.

 

Ulashish: