Hozirda Rossiyaning V.N.Tatishev nomidagi Astraxan davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Palatkina Galina Vladimirovna Urganch davlat pedagogika institutida xizmat safarida bo'lib turibdi.
Professor fevral oyi davomida Pedagogika kafedrasida "Inkyuliziv ta'lim. Gospitel pedagogika" fanidan bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida hamda magistraturada "Pedagogika nazariyasi va tarixi" mutaxasisligi bo'yicha "Tadqiqiy pedagogika" fanidan dars mashg'ulotlarini olib borishi rejalashtirilgan.
Bugun professor institutning Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi (rus guruhi) talabalariga "Inklyuziv pedagogika" mavzusi bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarini olib bordi.
Dars davomida interaktiv texnologiyalardan va interfaol matodlardan foydalanildi. Talabalar bilan inklyuziv ta'limning Rossiyada va O'zbekistonda maqsadga muvofiq yo'lga qo'yilishi yuzasidan qiyosiy tahlil, inklyuziv ta'limni O'zbekistonda tashkil qilish shart-sharoitlari va imkoniyatlari yuzasidan bahs-munozaralar o'tkaziladi.


