Close


Urganch davlat pedagogika institutida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.


Uchrashuv Urganch shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari kapitan E.Nurimov, Urganch shahar FVB TB boshlig‘i kapitan J.Soloev, Urganch shahar FVB 2-YoQQ boshlig‘i mayor E.Atajanov, smena boshlig‘i kapitan T.Raxmonov, UrDPI Fuqaro muhofazasi muhandisi B.Bekchanov, Yong‘in xavfsizligi instruktori U.Abdullaev, FM va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muhandis D.Masharipovalar hamda institut talabalari ishtirokida tashkil qilindi. 

Uchrashuvda yoshlar bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha  fikr-mulohazalar bildirilib, profilaktik chora-tadbirlar rejasi bilan yoshlar yana bir bor yaqindan tanishtirildi.

UrDPI_UZ 

Ulashish: