Close


URDPIDA XORAZM VILOYAT MA'MURIY SUDI SUDYALARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV O’TKAZILDI


Xorazm viloyat Ma'muriy sudi sudyalari Zafar Sultonov, Zafar Isaqov, Umrbek Hasanovlar hamda Urganch davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimi bosh mutaxassisi Sardor Tajiyev ishtirokida "Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan shafqatsiz munosabatni shakllantirish" mavzusida uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuv davomida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani mukammal o’rganish, korrupsion holatlarning ishtirokchisiga aylanib qolmaslik kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. 

Ulashish: